Shubxa yo'q-ki Internetda pul topish mumkin. Hozirgi kunda buni inkor etishking o'zi kulgili va hamma buni biladi. Lekin ko'pchilikni qiynaydigan savollar "qanday?" va "qancha?" Ushbu maqolada qo'ldan kelgancha shu savollarga javob berib ko'ramiz.
Internetda pul ishlash bir nechta asosiy yo'nalishlarga bo'linadi:
Mayda topshiriqlar bajarish - bu eng oson lekin eng kam pul topish yo'li. Bu yo'ldan boshlash mumkin, lekin bu yo'l orqali jiddiy pul ishlay olmaysiz. Mobodo siz o'quvchi, uy bekasi yo'ki talaba bo'lsangiz bu variant sizga to'g'ri kelishi mumkin.
Mayda topshiriqlarga quyidagilar kiradi:
Shu kabi mayda ishlarga sizga 500 so'mdan 5000 so'mgacha pul to'lanadi.
Jiddiy topshiriqlar bajarish - o'z kasbingiz, yoki qo'lingizdan kelgan hunar orqali topshiriqlar olish va bajarish. Deylik siz PHP dasturlash tilida kichkina script (programma) yoza olasiz. Demak shu ishni kimgadir bajarib berib pul ishlashingiz mumkin. Yoki deylik maqola yozasiz, tarjima qilasiz, dizayn yaratasiz va hokazo.
Bu pul topish yo'lining qulay taraflari, hohlagan paytingizda, hohlagan joyingizdan ishlashingiz mumkin. Asosiy ishingiz, o'qishingiz bilan barobar bajaraverasiz. Eng asosiysi topshiriqlarni chet eldan olganligingiz uchun pulni O'zbekiston oyliklariga nisbatan ancha katta va AQSH dolllarida topasiz.
Shaxsiy sayt yaratish va u orqali foyda topish - ancha qiyin lekin ancha ko'p pul topish yo'li. Bu yo'lni tanlash uchun siz eng kamida HTML tilini, server, hosting, domain name degan tushunchalarni bilishingiz kerak. Odatda boshlang'ich darajadagi sayt yaratishni o'rganish uchun 1-4 hafta vaqt bemalol yetadi.
Shaxsiy (video, instagram) blog yaratish va u orqali foyda topish - bu yo'l sayt yaratishdan osonroq, lekin foydasi undan-da ko'proq. Hozirgi kunda har qanday internet foydalanuvchida Instagram, Telegram, Youtube, Facebook tarmoqlarida sahifa, blog yaratish imkoni bor. Shunday blog yaratsangiz, 3-6 oy davimida uni qiziqarli lavhalar, rasmlar bilan to'ldirib borsangiz, sahifani rivojlanishi uchun harakat qilsangiz bir kun kelib bemalol asosiy ishingizdan voz kechib yoqtirgan sahifangiz bilan shug'ullanishingiz mumkin bo'ladi.
Trading (oldi-sotdi) bilan shug'ullanish. Aktsiya, Obligatsiya, ForEx, Binar options degan tushunchalardan uzoq bo'lsangiz bu yo'l sizga to'gri kelishi qiyin. Bu yo'l orqali pul topish uchun bir necha yil fundamental analiz, iqtisodiyot, menejment, xalqaro siyosat va shu kabi bilimlarga ega bolishingiz kerak.
Katta tavakkalli imkoniyatlar, ya'ni kazino, sport o'yinlariga pul tikish - yurtimiz hududida, ayniqsa yoshlar orasida juda mashhur uslub. Birinchi ko'rinishda bu yo'l orqali pul topish juda oson. Lekin aslida unday emas. Tavakkal bilan bu yo'lda pul topib bo'lmaydi. Chuqur mulohaza, fikr yuritib, analiz qilib, imkoniyatlarni to'gri hisobga olgan holdagina bu yo'l sizga pul keltirishi mumkin. Hozirgi kunda pul to'lashi aniq bo'lgan kompaniyalar:
Bir og'iz asosiy momentlarga e'tibor bering.
Yomon taraflari:
Yaxshi taraflari:
Mayda topshiriqlar:
Jiddiy topshiriqlar:
Trading (oldi-sotdi) bilan shug'ullanish:
Katta tavakkalli imkoniyatlar, ya'ni kazino, sport o'yinlariga pul tikish:
Webmoney, Qiwi, Яндекс Деньги сотиш ва сотиб олиш: